So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

22 jan 09:30
Yangiliklar

Tadbirlar

Navoiy viloyati hokimi sportchilarni qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

Teglar :  Navoiy
O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi vakillaridan tuzilgan ishchi guruh viloyatlarda bo'lib, joylarda sportga qaratilayotgan etibor bilan tanishmoqda.

Avval xabar berganimizdek, Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati Bosh mutaxassisi, Ishchi guruh rahbari Z.Tojiboev, Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari A.Karimov, MOQ raisi o'rinbosari SH.Tashmatovdan iborat guruh Prezidentimizning “O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida”gi PQ–2821-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustdagi “O'zbekistonda 2025 yil yoshlar o'rtasida IV Osiyo o'yinlarini o'tkazishni tashkil etish to'g'risida”gi 468-son qarorlari ijrosini o'rganish yuzasidan shu kunlarda Navoiy viloyatida bo'lib turishibdi. 

Ishchi guruh azolari Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov qabulida bo'lishdi.

Uchrashuvda Navoiy viloyatida sportni yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha dasturlar ishlab chiqish, aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari uchun barcha qulayliklarni yaratish, Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorlanayotgan navoiylik sportchilarni ijtimoiy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, ularning xonadonlaridan xabar olish va muammolarini o'rganib borish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Ushbu viloyat vakillaridan hozirda dzyudo, badiiy gimnastika, suzish, og'ir atletika, engil atletika kabi sport turlari bo'yicha Tokio Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan sportchilar mavjud. Navoiylik ikki nafar sportchimiz – suzish bo'yicha terma jamoa azosi Xurshid Tursunov hamda paraatletika bo'yicha Elbek Sultonovlar allaqachon to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo'llanmalarni naqd qilishgan. Oldinda turgan Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari hamda Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga mazkur sport turlari geografiyasini yanada kengaytirish, sportning barcha turlarini rivojlantirish, viloyatdan etishib chiqqan taniqli atletlar yordamida yoshlarni sportga yanada keng jalb qilish kabi mavzularda ham atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Navoiy viloyati hokimi Qobul Beknazarovich o'zaro muloqotda ko'rilgan barcha masalalar bo'yicha hamkorlikni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, viloyatda sport taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan har bir atletga xayolini bo'lmasdan faqat mashg'ulotlar olib borishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligini malum qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing