So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

19 may 15:01
Yangiliklar

Kurash

Navoiyda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi

Teglar :  Belbog'li kurash
Navoiy shahridagi viloyat Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining taqvim-rejasidagi mazkur mamlakat birinchiligida 300 nafarga yaqin polvon belbog'li kurashning belbog'li kurash va erkin yo'nalishi bo'yicha bellashdi.

Reglamentga ko'ra, o'g'il bolalar musobaqaning birinchi va ikkinchi kunlari belbog'li kurash va belbog'li kurashning erkin yo'nalishi bo'yicha kuch sinashishgan bo'lishsa, uchinchi kuni qizlar o'rtasida erkin yo'nalish bo'yicha bellashuvlar o'tkazildi. 

O'g'il bolalar o'rtasida belbog'li kurashning erkin yo'nalishi bo'yicha o'tgan bahslarda 5 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo'lga kiritgan Navoiy viloyati polvonlari umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Belbog'li kurashning belbog'li kurash yo'nalishidan kuch sinashgan o'g'il bolalar o'rtasida esa 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan Toshkent viloyati jamoasi birinchi bo'ldi. 

Musobaqaning so'nggi kuni qizlar o'rtasidagi musobaqada 3 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza medaliga sazovor bo'lgan Namangan jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 

SHuningdek, yuqori saviyada o'tgan musobaqaning birinchi kunida tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda so'z olgan O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi Abduxalil Malikov va boshqalar sportchilarni qutlab, ularga musobaqada muvaffaqiyat qozonishlariga omad tiladi. 

G'olib va sovrindorlar diplom va medallar bilan taqdirlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing