08 iyu 20:50
Yangiliklar
"Nazarimda, men milliardga yaqinlashyapman" - Konor UFC'dagi faoliyatidan qancha pul ishlab topgan?
Konor Makgregor qaytmoqda – u 30 iyunga o'tar kechasi UFC 303 turnirining asosiy bahsida Maykl CHendlerga qarshi jang o'tkazadi. Turnir uchun chiptalar sotuvidan tushgan daromad allaqachon rekord darajada - 20 million dollardan oshib ketgan, ammo bu ajablanarli emas.
Makgregor promoushen tarixidagi eng muvaffaqiyatli jangchi bo'lib qolmoqda - boshqa hech kim bunchalik ko'p pul topmagan
Konor bazani 12 ming dollar bilan boshlagan, ammo uchta jangdan so'ng u UFC chempionlaridan ko'proq daromad olgan.
Makgregorning UFC'dagi birinchi jangi 2013 yilda bo'lib o'tgan. Markus Brimej ustidan muddatidan oldin qozonilgan g'alaba unga 84 ming dollar olib kelgandi. Yangi boshlaganlar uchun bu juda katta pul, hattoki, hozir ham. Aftidan, o'shanda ham rahbariyatning Makgregorga munosabati boshqacharoqdek ko'rinadi, ammo bu jangda unday bo'lmagan - shartnomada atigi 12 ming dollar kafolatlangan edi. Qolgani g'alaba va nokaut uchun bonuslar.
Ikkinchi jang, kutilganidek, Makgregorga kamroq daromad olib keldi. Maks Xollouey bilan uchrashuv uchun u 24 ming dollar oldi - bu summaga g'alaba uchun bonus ham kiradi. Hamkorlik shartlari Konor Diego Brandaoni nokautga uchratgan navbatdagi jangdan keyingina o'zgardi. Kafolatlangan gonorar 75 ming dollargacha ko'tarildi.
Keyingi ikkita muddatidan oldin erishilgan g'alabaning har biri uchun Konor 200 ming dollardan ko'proq pul oldi. Lekin u judda ko'p miqdordagi gonorarini ilk bor raqamli turniring asosiy ishtirokchisi bo'lganida ishlab oldi. UFC monopoliyasiga qarshi davoni ko'rib chiqish chog'ida elon qilingan hujjatlarga ko'ra, CHed Mendes ustidan qozonilgan g'alaba Konorga 3,2 million dollar daromad olib kelgan. Yarim engil vazn toifasida Joze Aldoga qarshi kamar uchun to'qnashuv unga 4,5 million dollar daromad keltirgan.
Neyt Diaz bilan ikkita jang yangi vazn toifasida bo'lib o'tdi, shuningdek, chempionlik maqomiga ega emas edi. SHunga qaramay, Makgregorning gonorarlari faqatgina oshdi. U birinchi jangi uchun 5,5 million dollar olgan, revansh jangi esa yana 5,6 million dollar daromad keltirgan.
SHundan keyin engil vazn toifasidagi debyuti bo'ldi - Konor 6,8 million dollar ishlab topdi va Eddi Alvaresdan chempionlik kamarini oldi, Makgregor o'zining megayulduz maqomini mustahkamlab, Floyd Meyvezerga qarshi chiqdi - va qisqa fursatda o'z faoliyatidagi eng katta chekni oldi.
«Menimcha, milliardga yaqinlashyapman!» Boksdagi jangidan keyin Konorning narxi oshdi - u eng boy sportchilar ro'yxatida
Konor va Floyd o'rtasidagi boks jangi katta shov-shuvga sabab bo'ldi va to'rt milliondan ortiq pulli translyaciya(PPV)larni sotdi. 85 million dollarlik rekord darajadagi gonorar evaziga Makgregor birinchi marta Forbes reytingida dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi sportchilar beshligiga kirdi - birinchi o'rinda, albatta, Meyvezer.
UFC Konorni oktagonga qaytishga majbur qilish uchun u bilan hamkorlikka yondashuvini jiddiy o'zgartirishga majbur bo'ldi - Xabib Nurmagomedov bilan jang unga 50 million dollar daromad keltirdi. Mag'lubiyat Makgregorni faoliyatida bir yarim yil tanaffus qilishga majbur qildi. Keyinroq u Donald Serronni nokautga uchratib, 30 million dollar ishladi. Dastin Pore bilan qilgan ikki jangida mag'lub bo'lganiga qaramay 55 million dollar gonoorar oldi, ammo Makgregor o'shandan beri jang qilmadi.
Jang qilish uning yagona daromad manbai bo'lib qolmadi. Reklama va homiylik shartnomalari Konorga har yili o'n millionlab dollar daromad keltiradi - u dunyoning eng yirik brendlari, jumladan Beats by Dre, Reebok, Monster Energy va Burger King bilan hamkorlik qilgan. Makgregorning shaxsiy biznesi ham bor – u Dublin markazidagi pab egasi.
2021 yilda Konor o'zining viski ishlab chiqaruvchi kompaniyasining nazorat akciyalarini sotdi - bitim 130 million dollarga baholangan edi, o'tgan yili Makgregor Sportico'ning barcha davrlarning eng boy sportchilari ro'yxatiga kiritilgan - uning umumiy daromadi 555 million dollar deya taxmin qilinmoqda. Biroq Konorning o'zi uning boyligi bu ko'rsatkichdan oshib ketganiga ishontirmoqda: «Hammasini o'zim hisoblab chiqishim kerak. Nazarimda, men milliardga yaqinlashyapman!».
Fikrlar