20 may 16:11
Yangiliklar
Basketbol
NBA. Boston Mayamini mag'lub etib, seriyadagi hisobni tenglashtirdi
Mayami shahridagi (AQSH) FTX Arenada NBA SHarqiy konferenciyasi pley-off bosqichi final seriyasining ikkinchi o'yini bo'lib o'tdi.
Unda «Mayami Xit» «Boston Seltiks»ni qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning 127:102 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi va buning evaziga ular seriyadagi hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi - 1:1.
«Seltiks»ning g'alabasiga eng katta hissa qo'shganlar Jeyson Tatum (27 ochko, 5 ta riband va 5 ta assist) va Markus Smart (24 ochko, 9 ta riband va 12 samarali uzatma) bo'ldi. Jimmi Batler 29 ochko, 6 ta riband va 3 ta samarali uzatma bilan «Mayami Xit» tarkibida eng yaxshi natijani qayd etdi.
SHu tariqa, durang natija bilan seriya Bostonga yo'l oladigan bo'ldi. Navbatdagi o'yin 22 may kuni bo'lib o'tadi.
Quyida uchrashuvning Highlights'ni tomosha qiling.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar