20 apr 20:48
Yangiliklar
NBA. Devid Bekxem va uning qizi tashrif buyurgan "Mayami" - "Atalanta" o'yinida mezbonlar g'alaba qozonishdi
Unda "Mayami Xit" "Atlanta Xoks"ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 115:105 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Hujumchi Jimmi Batler 45 ochko, 5 riband va 5 samarali uzatmani amalga oshirib, "Mayami"ning g'alabasiga eng katta hissani qo'shdi. Serbiyalik basketbolchi Bogdan Bogdanovich 29 ochko, 4 riband va 3 samarali uzatma bilan "Atlanta" da eng yaxshi o'yin ko'rsatdi.
Bu jamoalar o'rtasidagi seriyada 2:0 hisobi qayd etildi, "Mayami" foydasiga. Uchinchi o'yin 23 aprel, shanba kuni Atlantada bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 4:00 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, NBA muntazam mavsumida "Mayami" SHarqiy konferenciya turnir jadvalida birinchi, "Atlanta" esa sakkizinchi o'rinni egallagan edi.
SHuningdek, jamaolar o'rtasidagi uchrashuvni futbol afsonasi Devid Bekxem va uni qizi arenadan kuzatib borishdi. Ushbu o'yinda ular "Mayami Xit" jamoasiga muxlislik qilishdi.
Fikrlar