11 iyu 16:38
Yangiliklar
Basketbol
NBA. Golden Steyt Bostonni mag'lub etib, seriyadagi hisobni tenglashtirdi
Boston shahridagi (AQSH) T.D Garden arenada NBA final seriyasining to'rtinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda «Boston Seltiks» o'z maydonida «Golden Steyt Uorriorz»ni qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning 107:97 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi va buning evaziga jamoa seriyadagi hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.
«Boston» tarkibida Jeyson Tatum 23 ochko va 11 riband qayd etgan bo'lsa, Stefen Karri 43 ochko va 10 ta riband natija bilan «Golden Steyt»ning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.
SHu tariqa jamoalar o'rtasidagi seriyada hisob tenglashdi - 2:2.
Jamoalar o'rtasidagi navbatdagi o'yin 14 iyun kuni bo'lib o'tadi, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 06:00 da boshlanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar