29 dek 13:31
Yangiliklar
Futbol
"Neftchi" yana uch nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Yangi mavsum oldidan "Neftchi" asosiy tarkibning bir qator futbolchilar bilan yangi shartnomalar imzolamoqda.
O'tgan mavsum jamoaning asosiy himoyachilari bo'lgan Ibrohimhalil Yo'ldoshev va Boyan Ciger bilan shartnomani uzaytirdi. Yangi kelishuv 2 yilga mo'ljallangan. SHuningdek, "Neftchi" jamoaning uzoq yillik darvozaboni Akbar To'raev bilan shartnomani bir yilga uzaytirdi.
Yo'ldoshev o'tgan mavsum "Neftchi" safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 2 ta assist bor. Ciger esa 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. To'raev o'tgan mavsum 2 ta bahsda jamoasining darvozasini qo'riqladi.

Havola :
Fikrlar