So’nggi yangiliklar

15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0

16 apr 14:26
Yangiliklar

Futbol

"Neftchi"da ukrainalik murabbiy ish boshladi

"Neftchi" rahbariyati ukrainalik murabbiy Andrey Annenkov bilan shartnoma imzoladi.

«O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoamizda ukrainalik tajribali murabbiy Andrey Annenkov yordamchi sifatida Vitaliy Levchenko bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Andrey Annenkov mehnat faoliyatini 1986 yil «Avangard» Kursk klubida boshlagan. Keyingi ikki yilni ukrainalik mutaxassis «Iskra» (Smolensk) jamoasida o'tkazdi.

1990 yilda u «Dinamo» Kiev taklifini qabul qildi va ikki yil Kievda ishladi. SHuningdek, Andrey Annenkov Ukraina terma jamoasida ham faoliyat yuritgan murabbiylardan hisoblanadi.

Andrey Mixayilovich Annenkov 2007 yildan Kievning «Arsenal» klubi yoshlar jamoasida faoliyatini boshladi. Turli toifadagi jamoalarda yaxshi natijalarga erishgan murabbiy 2014/15 yilgi mavsumda «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanadi.

2019 yilda Ukraina U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrakov shtabida ishlab, yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibiga aylandi. Mazkur turnirda yuksak natijani qo'lga kiritganligi munosabati bilan mutaxassis Ukraina jismoniy tarbiya va sport ishchisi unvoni bilan taqdirlanadi.

2021/22 yil mavsumida u Odessaning «CHernomorec» klubi murabbiylar shtabiga qo'shiladi.

2021 yil avgust oyida Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrakovga yordamchi murabbiy bo'lib ishga kirishadi.

Andrey Mixaylovich Annenkovning so'nggi ish joyi esa Armaniston milliy terma jamoasi bo'ldi. Murabbiy u erda ham Aleksandr Petrakov bilan hamkorlikda yordamchi murabbiy bo'lib faoliyat olib bordi»- deyilgan «Neftchi» matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan xabarda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing