21 fev 17:03
Yangiliklar
Futbol
Neymar 2027 yilgacha PSJda qoladi
PSJ hujumchisi Neymar 2027 yilda shartnomasi yakunlanmaguncha jamoani tark etish niyatida emas.
Qayd etilishicha, 31 yoshli braziliyalik yaqin do'sti Lionel Messi yozda klub bilan shartnomasini uzaytirmasa ham, PSJni tark etmaydi.
Neymar 2021 yilda PSJ bilan bitimini uzaytirdi va hozirda yiliga 36 million evroga yaqin maosh oladi.
Neymar joriy mavsum parijliklar safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli pas uzatdi.
Havola :
Manba : L'Equipe
Fikrlar