04 sen 15:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Neyt Diaz Makgregorga: "Xabib mendan qo'rqqanini esingdan chiqarma, u esa seni bo'g'ib qo'ydi"
Neyt Diaz va Konor Makgregor o'rtasidagi tortishuvlar yana avj oldi.
Amerikalik UFC jangchisi Neyt Diaz va ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor tvitterda bir-birlarini yana haqorat qilishdi. Bu safar Neyt Diaz Xabibni ham esladi.
"Unutma, Kabob (Xabib) mendan juda qo'rqqandi. U esa seni bo'g'ib qo'ydi. Dastin Pore ham mendan qo'rqqanini unutma. Dastin ham seni nokaut qilib oyog'ingni sindirdi. Hammalaring kuchsizsanlar", - deb yozadi Neyt Diaz.
Eslatib o'tamiz, Konor va Diaz ikki marta to'qnash kelishgan. Dastlabki jangda Neyt Diaz g'alaba qozongan bo'lsa, revansh jangida Konor raqibini mag'lub qilgandi.
Havola :
Manba : BJPenn
Fikrlar