25 apr 11:55
Yangiliklar
Futbol
Nigeriya terma jamoasi sobiq futbolchisi maydonda vafot etdi
Nigeriya terma jamoasi sobiq hujumchisi Maykl Eneramo 40 yoshida vafot etdi.
Bu haqda mamlakat federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Futbolchi juma kuni ertalab bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yini paytida xushidan ketgan. Dastlabki malumotlarga ko'ra, u ikkinchi bo'limning beshinchi daqiqasida yurak xurujini boshdan kechirgan.
Futbolchi faoliyatining katta qismini Turkiya jamoalarida o'tkazgan. U terma jamoa safida jami 10 ta o'yinda maydonga tushgan.

Havola :
Fikrlar