31 avg 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Nigina O'ktamova - Osiyo chempionatining eng yaxshi bokschisi!
Xabar berganimizdek, BAAning Dubay shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Musobaqada -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nigina O'ktamova barcha raqibalarini mag'lubiyatga uchratgan holda oltin medalni qo'lga kiritdi.
U musobaqada chempionlik bilan birga eng yaxshi bokschi uchun beriladigan sovringa ham munosib ko'rildi. Qizlar o'rtasida "Musobaqaning eng yaxshi bokschisi" sovrini aynan hamyurtimiz Nigina O'ktamovaga topshirildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar