So’nggi yangiliklar

17:22Кубалик яна бир мураббий Ўзбекистон бокс терма жамоасида фаолият олиб боради 0 17:07Арина Соболенко "Ролан Гаррос" 1/2 финалида ўйнайди 0 16:46Нурсултон Рўзибоевнинг кейинги рақиби ким экани аниқ, бу Бо Никал эмас — инсайдер 0 16:25Бугун Франция - Ўзбекистон ОТЖ ўйини бор 0 16:04Бутунжаҳон велоспорт куни Тошкентда байрамона руҳда ўтди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:43"Улар сени ўйламайди". UFC афсонаси Алекс Перейрага маслаҳат берди 0 15:22Кроуфорд Пакьяо — Барриос жанги учун ўз тахминини айтди 0 15:01Ўзбекистон терма жамоаси Дубайдан Абу-Дабига йўл олди (ФОТО) 0 14:40Двалишвили: "О’Мэлли учун бу — ҳаммаси ёки ҳеч нарса" 0 14:19Мэнни Пакьяо: "Сиёсат ҳақида ўйлаяпманми?" 0 13:58"Ролан Гаррос". Ига Свёнтек Элина Свитолинадан устун келди 0 13:37Goal "Олтин тўп"ни ютишга даъвогарлар рейтингини янгилади. ПСЖнинг уч футболчиси илк бор Топ-10`да 0 13:16Арман Царукян: "Махачев яримўрта вазнда ҳам чемпион бўлади, чунки..." 0 12:55Лос-Анжелес-2028 XVIII ёзги Паралимпия ўйинларининг мусобақалар дастури эълон қилинди 0 12:34Стрикленд Кайо Борральо билан жангни оила сабаб рад этган экан 0

14 noy 13:03
Yangiliklar

Og'ir atletika

Nigora Abdullaeva – yoshlar o'rtasida Jahon kubogi g'olibi

Peru markazligida o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon kubogi bahslarida yana bir hamyurtimiz yaqqol ustunlik bilan vazifani bajarib, oltin medalga sazovor bo'ldi.

Qizlar o'rtasida 55 kg vazn toifasida o'tkazilgan bellashuvlarda ishtirok etgan Nigora Abdullaeva dast ko'tarish mashqida asosiy taqibchisidan 6 kg ga o'zib ketdi – 84 kg. Oltin medal. 2-o'rinni filippinlik Rozegi Ramos (78 kg) egallagan bo'lsa, uch urinishdan faqat bittasini bajara olgan polshalik Malgarzota Miyakning (75 kg) natijasi bronza medali uchun kifoya qildi.

Siltab ko'tarish mashqida supachaga chiqqan Nigora bu safar 104 kg toshni o'ziga bo'ysindira oldi. Ikkinchi oltin. Musobaqa mezboni vakili Viktoriya Buirton undan 5 kg kam tosh buyurtma berib, 99 kg bilan kumush medalga sazovor bo'ldi. Rozegi Ramos esa 98 kg lik natija ko'rsatib, bu safar 3-pog'onada qoldi.

SHubhasiz, ikkikurash yakuniga ko'ra ham vakilamiz shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Nigora Abdullaevaning natijasi ancha sezilarli farq bilan oldinda edi – 188 kg. Kumush medal Rozegi Ramosga (176 kg), bronza esa Viktoriya Buirtonga (172 kg) nasib etdi.

Eslatib o'tamiz, kecha hamyurtimiz Husenboy Matrasulov ham 55 kg gacha bo'lgan vazn toifasida ishtirok etib, dast ko'tarish mashqida faxrli 1-o'rinni egallagan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing