10 iyu 16:51
Yangiliklar
Dzyudo
Nihoyat! Davlat Bobonov jahon chempionatining finalida!
Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining beshinchi kungi bahslari davom etmoqda.
Hozirgina -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Davlat Bobonov jahon chempionatining yarim final uchrashuvini yakunladi. O'zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi sportchisi vengriyalik tajribali dzyudochi Kristian Tottga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi.
Endi Bobonov kechki dasturda jahon chempionligi uchun bahs olib boradi. Har qanday holatda ham bugun jahon chempionatining ilk medalini qo'lga kiritamiz. Kumush naqd, lekin bizga OLTIN kerak!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar