24 noy 11:20
Yangiliklar
Tennis
Nihoyat, Humoyun Sultonov Kalaburagi turniri chempioni!
Biroz avval Hindistonning Kalaburagi shahrida bir hafta davom etgan tennis bo'yicha ITF turniri o'z yakuniga etdi.
Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli qatnashdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi M25 toifasiga kiruvchi ushbu turnirda ham birinchi raqam ostida saralangan edi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida yurtdoshimiz turnirning ikkinchi raketkasi rossiyalik Bogdan Bobrovga qarshi kortga chiqdi. Sultonov 1 soatu 1 daqiqa davom etgan final bahsida raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/1.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ATP reytingida 230, Bobrov esa 410-pog'onani band etgan. Tennischimizning g'alabali seriyasi 5 ta uchrashuvga etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar