22 iyu 09:41
Yangiliklar

Nihoyat, Murodjon Ahmadaliev WBA kamari uchun Romanga qarshi ringga chiqadigan bo'ldi FOTO
Ayni paytda ushbu chempionlik kamari amerikalik bokschi Daniel Romanga tegishli bo'lib turibdi. Murodjon "Kaka" Ahmadaliev esa WBA Intercontinental kamari sohibi bo'lish bilan birga Romanning chempionlik kamariga rasmiy davogar ham hisoblanadi.
WBA tashkiloti har ikki bokschining promouterlari o'rtasida jang huquqiga egalik qilish bo'yicha savdo o'tkazilishini malum qildi. Agar bokschilarning jamoalari o'zaro kelisha olmasa, u holda promouterlar uchun ochiq savdo elon qilinadi.
Bizga xabar berishlaricha, chempionlik jangi avgust yoki sentyabr oyida o'tkaziladi. Agar Murodjon bo'lajak chempionlik jangida Romanni mag'lubiyatga uchratsa, AQSHda chempion bo'lgan ilk o'zbekistonlik bokschiga aylanadi.
Fikrlar