21 avg 15:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Nihoyat, Petr Yan Sterling bilan jang shartnomasiga imzo chekdi
Rossiyalik sobiq UFC jangchisi Petr Yan UFC 267 turniri doirasida chempion Aljameyn Sterlingga qarshi o'tkaziladigan jangi uchun shartnoma imzoladi.
"UFC 267 turniridagi jang uchun shartnoma imzolandi. Menga tegishli narsani qaytarib olish vaqti keldi. Bu safar o'ljam bilan hech qanaqa o'yin bo'lmaydi", - deb yozib qoldirdi Petr Yan o'zining Instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz UFC 267 turniri 30 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da tashkil etiladi. Petr Yan ushbu kardda kamarini qaytarib olish uchun jang qiladi. Yan UFC 259 turnirida taqiqlangan zarba bergani uchun diskvalifikaciya qilingan, Aljameyn Sterling esa chempionga aylangandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar