22 apr 11:13
Yangiliklar
Velosport
Nikita Cvetkov Fergana Grand Prix turniri g'olibi!
Farg'onada veloshosse bo'yicha “Fergana Grand Prix” turniri yakunlandi.
Musobaqaning bugungi bellashuvlari O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o'tdi. Erkaklar o'rtasida kechgan 2-bosqich poygasida hamyurtimiz Nikita Cvetkov marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tdi. Sportchimiz 141 kmli masofani 3 souta 25 daqiqa 41 soniyada bosib o'tdi.
SHuningdek, bosqich yakunida eng yuqori natija qayd etgan Cvetkov musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin ispaniyalik Xuan Lozanoga nasib etgan bo'lsa, belaruslik Roman Tishkov kuchli uchlikni yakunlab berdi.




Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar