So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

25 jan 13:59
Yangiliklar

Boks/MMA

"Nima bo'ldi?": Kechagi tarozi marosimida hushini yo'qotgan UFC jangchisi bayonot berdi

Eng engil divizion jangchisi Kemeron Smozermen UFC 324 turnirining rasmiy vazn o'lchash marosimida o'zi bilan sodir bo'lgan qo'rqinchli voqea haqida ilk bor gapirdi.

"Menga juda ko'p sms xabarlar keldi va men haqimda samimiy qayg'urganlari uchun barchadan minnatdorman. Nima bo'ldi? Menda hammasi joyida. Men yaxshiman. Aynan nima sodir bo'lganiga ishonchim komil emas. Internetda ko'pchilik "O, bu qattiq vazn poygasi edi" va shunga o'xshash narsalarni yozayotganini ko'raman. Lekin aslida men bu jangga ko'pchilik o'ylaganchalik ko'p vazn haydamadim. Tarozi marosimiga juda engil bordim. Hatto shu haftada ham deyarli vazn tashlamadim. Nima bo'lganini tushunmayapman va yaqin haftalarda sabablarni aniqlash uchun qo'shimcha tekshiruvlardan o'tishim kerak. Nima bo'lganini bilmayman. Ammo yaxshi manoda bezovta qilganingiz uchun hammaga rahmat - men yaxshiman va umid qilamanki, tez orada qaytaman. Raqibimdan uzr so'rayman" - dedi Kemeron.

Eslatib o'tamiz, tarozidan tushib, bir necha qadam tashlagan Smozermen hushsiz holatda yiqilganidan so'ng, uning Riki Tursios bilan jangi bekor qilingandi. Vaholanki. ikkala jangchi ham vazn meyorini muvaffaqiyatli bajarishgandi. Tashkilot vakillari allaqachon Tursios jang uchun shartnomada ko'rsatilgan gonorarni olishini malum qilishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing