So’nggi yangiliklar

20:25"Рома" Ла Лига ўтган мавсуми тўпурарларидан бирини сотиб олмоқчи 0 20:02Нуротада гандбол бўйича Ўзбекистон чемпионлари аниқланди 0 19:41Рафаэль Надаль Бостаддаги турнирда иштирок этади 0 19:20Грузиялик Жаҳон чемпиони ўз уйида ўлик ҳолда топилди 0 18:58Шайҳонтоҳурда стол тенниси бўйича "Солиқ қўмитаси раиси кубоги" ўтказилди 0 18:58Алекс Фергюсон: "Роналду ЖЧ-2026да ўйнашини тасаввур қила олмайман" 0 18:37"Шавкат Раҳмонов дивизиондаги энг хавфли йигит" - Иан Гарри 0 18:15Қозоғистон терма жамоаси Париж Олимпиадаси учун таркибини эълон қилди + ФОТО 0 17:53Холлоуэй Топурия ҳақида: "У йигит шунчаки ўзидан тўқиб гапирмоқда" 0 17:30Расман: "Манчестер Юнайтед" Эрик тен Хаг билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Мен ҳеч қачон реваншларда ютқазмаганман. Ютқазмайман ҳам". Блахович Перейрага мурожаат қилди 0 16:51Катта карвон олимп сари йўлга чиқди 0 16:45Қозоғистоннинг Париж Олимпиадасидаги байроқдорлари маълум бўлди 0 16:23UFC чемпиони Жон Жонс кейинги жангини қачон ўтказишини айтди 0 16:01"Барселона" Араухонинг трансфер нархини маълум қилди 0

15 okt 16:19
Yangiliklar

Boks/MMA

Nodir Qodirov: “MMA bu kissovurlar sporti emas”

Teglar :  BoksMMANodir
Har doim ham yaxshi sportchidan mukammal murabbiy chiqavermaydi. Bu o'ziga xos tasdig'ini topgan holat.

Bunga futbol olamida ko'p bora guvoh bo'lganmiz. Lekin futbolda u qadar dovrug' qozonmagan yoxud umuman professional futbol o'ynamaganlar orasidan esa ajoyib murabbiylar etishib chiqqan. Misol uchun, Joze Mourinoni olaylik yoki Villash Boash, umuman bunday nomlarni sanab adog'iga etmaymiz.

Bu kabi murabbiylar haqida so'z yuritayotganimiz bejiz emas, albatta. Qolaversa, futbol haqida misollar keltirgan bo'lsakda, aslida bugun boshqa sport turida faoliyat olib borayotgan, xormay-tolmay o'ziga xos shogirdlar etishtirib chiqarayotgan, o'z o'rnida shogirdlari yurtimiz o'g'lonlarini qanday kuchga ega ekanligini jahon arenalarida ko'z-ko'z qilayotgan yosh murabbiy Nodir Qodirov bilan qilgan intervyumizni taqdim etamiz.

Yuqorida nomlari tilga olingan murabbiylarga o'xshatganimiz ham besabab emas. CHunki, bu qahramonimizning ham sportchilik faoliyati juda ham qisqa bo'lgan. Lekin u hozirda yurtimizda MMA yo'nalishadagi eng kuchli murabbiy va ushbu aralash qoidalar bo'yicha janglar targ'ibotchilarining eng asosiy vakillaridan biridir.


Bugun biz bu murabbiyning faoliyati va yurtimizdagi MMA jangchilari, qolaversa, ushbu sport turini ommaviylik darajasi haqida o'zaro suhbat uyushtirdik.

Malumotnoma

Nodir Qodirov – 1982 yil 7-noyabrda Toshkent shahar, SHayhontoxur tumani “Kamolon” mahallasida tavallud topgan. Oilali, ikki nafar farzandning otasi. Faoliyatining ilk qismida boks bilan shug'ullangan. Murabbiylari Sardor Toshxo'jaev, Abdulla Qodiroxunov, Ilg'or Egamberdiev, Sobir Aminov, Baxtiyor Isroilov bo'lgan.

Havaskor boksda yoshlar o'rtasida xalqaro turnirlar sovrindori bo'lgan. MMAdagi faoliyatini 2006 yil 5-sentyabrdan boshlagan. 2011 yil Alash Pride promouterlik kompaniyasi bilan professional shartnoma imzolagan.

- Scenariyga ko'ra, Nodir aka sizga birinchi bo'lib boshqa savol bemoqchi edim. Lekin mashg'ulotni ochiq joyda - asfaltda o'tkazayotganingizni ko'rib, o'z-o'zidan savol tug'ildi. Nahotki mashg'ulot arenasi shu joy bo'lsa?

- Bu savolni endi berishayotgani yo'q. Ko'pchilikdan eshitganman. Bu joyda (“Paxtakor” stadioni oldidagi anxor yonida, muallif) oktyabrning oxirigacha mashg'ulot olib boramiz. Ochiq xavo, tinch, birov xalaqit bermaydi. Qolaversa, chempionlik, muvaffaqiyatlar qiyinchiliklar ortidan keladi. Bilasizmi, hayotda kim baxtli inson xisoblanadi? Nafaqat sportda, balki barcha soxada ham bor narsadan o'ziga etarli sharoit yarata oladigan, shunga intiladigan inson. Zal yo'q, sport anjomlarim yo'q, deb bahona topib, mehnatdan qochadigan insonlarni baralla baxtsiz deb ayta olamiz.


- Ajoyib fikrlar va o'ziga xos javob. Lekin aniq javobdan biroz qochgandeksiz nazarimda?

- Nega endi? SHunchaki, siz savol berishga biroz shoshildingiz. Endi aytingchi? Hozir shaharni, qishloqlarni chetga surib turaylik. Deyarli har bir mahallada sport majmualari arenalari barpo etilayapti. To'g'ri, bu biroz mubolag'adir. Lekin etibor bering, xuddi shunday xolatga asta-sekin etib kelmoqdamiz. SHunday ekan, nega endi arenamiz yo'q, deyishimiz kerak. Hozirda xech qanday bahonaga o'rin yo'q. Rioda bo'lib o'tgan Paralimpiya o'yinlarida delegaciyamiz tarkibidagi mutasaddi insonlardan biri Abdullox aka Sagdiev: “Nodir ovqat egani tushsam, oldimda bitta qo'li yo'q inson turardi. Dushga borsam oyog'i yo'q. Umuman, atrofda imkoniyati cheklangan insonlar yurardi. Ana o'shalar shunday holatda mehnat qilib, ajoyib ko'rsatkichlar qayd etyapti. Mana biz tanasi but, to'rt muchasi sog' insonlar nega endi imkoniyatlardan foydalana olmasligimiz kerak” deb qoldilar. Qarang, bu ayni haqiqat emasmi? Qolaversa, yurtmizda yaratilayotgan sharoitlar havas qilgulik darajada. Bizda sobiq ittifoq davri qolib ketdi, bahona izlashga. Bitta tumanda yagona sport majmuasi bo'lsa bor, bo'lmasa yo'q. Hozirda esa, yuqorida aytib o'tganimdek sport arenalari muxayyo, bolalar va o'smirlar sport maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlari, to'garaklar, fitness zallari faoliyat olib borayapti. Yoshlardan esa, faqatgina mexnat, intilish va eng asosiysi vatanparvarlik talab qilinayapti xolos. Vatanparvarlik juda muxim hisoblanadi. CHunki, Vatan tuyg'usi nimaligini tushunmagan inson hech qachon chempion bo'la olmaydi. Savolingizga etarli darajada javob bera oldim, deb o'ylayman.

- Albatta. Negadir sportchilik faoliyatitngizni erta yakunlagan ekansiz. Balki uzoqroq davom etganida, ulkan natijalarni qo'lga kiritarmidingiz? CHunki, bunday dunyoqarash, jonkuyarlik, mehnatdan qochmaslik va vatanparvarlik tuyg'usi mujassam insonga albatta, omad kulib boqishiga ishonchim komil?

- Maqtov kimga yoqmaydi deysiz (kuladi). Bunday natijalarga murabbiy sifatida erishib kelayapman. To'g'ri, sportdagi faoliyatimni barvaqt yakunlaganman. CHunki, mening saviyamdagi sportchilar juda ko'pchilikni tashkil qilar edi. Raqobatdan hech qachon qo'rqmaganman. Lekin inson o'zining saviyasini to'la bila oladi. SHuning uchun ham Sardor aka Toshxo'jaevning tavsiyasi bilan murabbiylik faoliyatimni boshlaganman. CHunki, sportchilikdan ko'ra, murabbiylikda ko'proq yurtimiz sportiga, yoshlarga yordam bera olishimni anglaganman. O'shanda Sardor aka “Nodir men sportchilik faoliyatimda u qadar natijalarga erisha olmadim. Lekin shogirdlarimni butun dunyo taniydi. SHuning o'zi baxt emasmi”- degandi. Aynan ushbu so'zlar murabbiylik faoliyatimni boshlashga asosiy omil bo'lgan desam yanglishmagan bo'laman.


- Bilasizmi, MMA bo'yicha yurtimizda janglar o'tkazish va klublar tuzish, umuman, ushbu sport turining rivoji haqida nima deya olasiz?

- Avvalo, birinchi Prezidentimiz, yurtimizning otasini ruxlari shod, joylari jannatdan bo'lsin. U inson haqida ortiqcha tarifga hojat yo'q. Ajoyib siyosatchi, xalkparvar, odil yo'lboshchi edilar. Qolaversa, yurtimiz sportini cho'qillarga ko'tarilishida u insonning xizmatlari beqiyos. Boksdan sport ustasi ham bo'lganlar. Ushbu sport turi endi oyoqqa turayotgan paytida, noo'rin, sportdan uzoqda bo'lgan insonlar bu sport turini kissovurlar sporti, bu sport emas, “boi bez pravil” deb targ'ib qilishgan. Aslida bu qonunsiz jang emas. Bunda qoidalar bor, aralash qoidalar bo'yicha jang sanati deyiladi. Yani har bir sport turidan bir shingildan olinib, umumlashtirilgan sport turi xisoblanadi. Qonunsiz jang bo'lsa, ko'ziga qo'lini tiqib, tishlab, sochlaridan yulmaydimi. O'sha vaqtlarda bu sport turini shunday tavsiya qilishgan.

- Oxirgi yillarda MMMdagi vakillarimiz juda ham ko'pchilikni tashkil etyapti. Avvallari Sunnat Ilyasov, Abdulloh Sagdiev, SHavkat O'roqovni bilardik, xolos. Keyinchalik Murod Xonto'raevni ko'rdik. Aynan bunday rivojlanish nima bilan bog'liq?

- SHuni alohida takidlab o'tishingizni istardim, bundan bir necha yillar avval, Sunnat aka Ilyasov va Abdulloh aka Sagdievlar yurtimizda ushbu sport turini yo'nalishini belgilab berganlar. Keyinchalik estefeta tayoqchasi mening qo'limga o'tdi. Maqtanishga yo'ymangku, hozirda jahonning turli burchaklarida g'alaba nashidasini surayotganlarning aksariyati bizning qo'limizda mashg'ulot o'tkazishgan. Ilk saboqlarini bizdan olishgan. Lekin eng achinarlisi, endi oyoqqa turib, natijalar qayd etganlaridan so'ng, o'zlarini shu darajaga etkazganlarni unutib qo'yishmoqda. Ko'proq daromad ilinjida boshqa promoushenlar bilan shartnoma tuzib, endi ko'ksiga shamol tekkan murabbiylar va menejerlarning mehnatini oyoq osti qilishmoqda. 

Yana bir achinarli tomoni shundaki, ushbu sportni tushunmaydigan insonlar, UFCda ko'p pul to'lashar ekan deb, o'zlaricha bir nimalarga qo'l urib, ustoz bilan shogirdni bir-biriga qarama qarshi qo'yib, qisqasi noo'rin ishlarni ham amalga oshirishmoqda. Vaholanki, UFCda jang olib borish uchun nechta jang o'tkazish kerak, qanaqa reytingga ega bo'lish kerak, bunday omillardan afsuski, xabarlari yo'q. Nasib qilsa, bundan keyin ushbu sport turidagi barcha narsa markazlashgan tarzda olib boriladi. Sababi MMAning rasman faoliyat olib borish borasida oldinga siljish kuzatilmoqda. Yani, sambo federaciyasi qoshida ochilish arafasida turibdi. SHunday ekan, endi ortiqcha insonlarning faoliyatiga chek qo'yiladi, deb o'ylayman. 


MMA yurtimizda yosh sport turi xisoblanadi. Albatta, kerak ushbu sport turini ommaviyligini oshirish, o'ziga xos sponsorlar, lekin biror narsaga qo'l urishdan avval o'sha inson nima bilan shug'ullanayotganligini bilish kerak. Uni mukammal o'rganib chiqishi lozim. Bo'lmasa barcha harakatlari zoe ketadi. Sportdan manfaat topishga harakat qilmaslik kerak aslida. Vatan uchun, sarmoya sarflasa ham bo'ladiku to'g'rimi? CHin ko'ngildan, vatanimiz sporti uchun harakat qil, sportni biznesga aylantirishga urinmay. Daromad o'z-o'zidan kelaveradi. SHogirdni ustozga qarshi qo'ymay. Yoshlarni pulga o'tganmasdan. Aytishadiku, “biror bir kasbni tanlamoqchi bo'lsang, uning ustasi bo'l. Bo'lmasa, sen o'sha kasbni quli hisoblanasan deb”. SHunday insonlarga maslaxatim, qurib bitkazilgan uyni tomiga chiqib, men qurdim demanglar. Uni asosidan o'rganib ish tutinglar! SHunda kelishmovchiliklar bo'lmaydi. SHunda murabbiylarning intilishi so'nmaydi. Yoshlarimiz yanada kuchli darajaga ko'tarila olishadi. SHukrki, garchi shunday nojo'ya ishlar, sportdan uzoqroq bo'lgan insonlarni qing'ir ishlari ham bo'lgan bo'lsada, biz asta-sekin ishni to'g'ri yo'lga qo'yib oldik. Faxrlanishga arzirli jangchilar etishib chiqdi. Akalarimiz, ukalarimiz, tengdoshlarimiz muvaffaqiyat qozonib, o'zbek yurti vakillarini qanday kuchga ekanligini namoyish etishdi va etishmoqda. Abdulloh aka Sagdiev, Sunnat aka Ilyasov, Muzaffar Rajapov, Sirojiddin Eshonboev, Mansur Tugizboev, Murod Xonto'raev, Rustam Magdiev, Odil Sirojiddinov, Amin Ergashev, Aleksandr Stolyarov, Nursulton Ro'ziboev, Ilhom Sotiboldiev... barchasini sanayman desam uzoq vaqt ketib qoladi. Bularning barchasi yurtimiz faxrlari xisoblanadi.

- Hozirga qadar bo'lgan natijalar borasida ham malumot bera olasizmi?

- Bilasizmi? Yuqorida sanab o'tganlarimining bazilari yo'nalish bo'yicha jahon chempionlari xisoblanadi. Bazilari interkontinental kamarlariga ega. Nasib qilsa, yozda Rioda bo'lib o'tgan Olimpiadada bokschilarimiz qayd etgan natijalarni MMAda ham qo'lga kiritamiz. Hali isbot qilamiz, ushbu sport turi qandaydir qalang'i-qasang'i, kisovvurlarni sport turi emasligini. Biror bir kikbokschi yomon yo'lga kirib ketsa, butun bir kikboks sport turi aybdor bo'lmaydiku, to'g'rimi? Albatta, jahonda o'z so'zimizni aytamiz.


- Bu yo'nalishda yurtimizning qay bir viloyatlari etakchi sanaladi?

- Buxoro, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Farg'ona viloyatlari etakchi xisoblanadi. Ushbu viloyat vakillari jahonni desam mubolag'a bo'larku, butun Markaziy Osiyoni xayratga solyapti. Qo'l ostimizda sport jamoasida turi sport vakillari faoliyat olib boradi. Misol uchun, profi bokschilar ham bor. Mana Bekzod Nabiev profi boksning ikki yo'nalishida jahon chempioni hisoblanadi. Qolaversa, Muzaffar Rajabov, Sirojiddin Eshonboev, Murod Xonto'raev, Rustam Magdiev, Amin Ergashev, Aleksandr Stolyarov bularning hammasi o'z yo'nalish toifasida eng kamida Osiyo chempioni hisoblanishadi. Albatta, professional yo'nalishda. Ko'plari faxrlanib  aytishib mumkin-ki, Sirojiddin Eshonboev VEF yo'nalishida jahon chempioni hisoblanadi. 22 oktyabr kuni Nursulton Ro'ziboev MMAda Nomad versiyasi bo'yicha jahon chempionligi uchun dog'istonlik yaxshi bir sportchiga qarshi jang olib boradi.

- Biror bir yosh sport turini ommaviyligini oshirish uchun, ushbu sport turining mashhur insonlari bilan master klasslar o'tkazilishi foydadan xoli bo'lmaydi. Bu borada qanday izlanishdasizlar?

- Aslida, bu yili Xabib Nurmagommedov, Zubayra Txugov, Ruslan Magomedovlar yurtimizga tashrif buyurishlari kerak edi. Lekin UFCdagi janglar va mashg'ulotlar tartibi tig'iz bo'lib qolganligi sababli o'z uzrlarini aytishdi. SHaxsan ularning o'zlari bildirgan fikrlarini aytib o'taman. “Nodir, o'zing bu sport turini yaxshi bilasan. Janglar va mashg'ulotlar tig'izligi uchun vaqt borasida qiynalib qoldik. Bilasanmi, O'zbekistonga borishni juda istaymiz. CHunki, bu yurt tarixiy sarkardalar, olimlar yurti, borib ziyorat qilish istagimiz bor. Hozirda bunday imkoniyatga ega emasmiz. Lekin albatta boramiz”, deb takidlashdi. SHamil Magomedov ham tashrif buyurishni maqsad qilgan. Yana bir narsani aytib o'tishim mumkin-ki, bahor oyida UFCda juda ko'p janglar o'tkazgan, Bellator eks chempioni, VFC chempioni Ben Asken yurtmizda ikki kunlik master klass o'tkazib ketdi. Albatta, bunday loyihalarimiz bor.

- Murabbiylar borasida hamkorlik qay tarzda?

- Yana takidlab o'tishni istardim, Sunnat Ilyasov bu borada bizning bayroqdorimiz xisoblanadi. Bu sport turining rivojlanishida ulkan xissasi mavjud. Birgalikda bir nechta sovrindor sportchilar chiqardik. Sunnat aka asosan parterda ish olib borgan bo'lsa, men qo'l-oyoq borasida ishladim. Umuman olganda, barcha murabbiylar bir-birini yaxshi biladi va birgalikda yaxshi natijalar qayd eta olamiz.

- Mana asta-sekin yoshlarimiz yaxshi natijalar qayd etayapti. CHetdan promouterlik kompaniyalari taklif bilan chiqmayaptimi? Misol uchun ALash Pride, Berkut?

- Takliflar juda ko'p. Lekin shunday odamlar borki, buni noto'g'ri talqin etishadi. Boshqa mamlakatga sotilib ketgan. MMAda ham xuddi shunday. SHunchaki o'sha klubga legioner bo'lib boradi. Aynan o'sha yurtda ham vatanimiz shanini himoya qiladi. SHunday tushunmagan insonlarga aytar gapim bor. Iltimos, tushunmagan narsalaring haqida gapirmanglar. Qachonki, aqlingiz etsa fikr bildiring. SHunda kam bo'lmaysiz!

Ahmadbek ESHMATOV suxbatlashdi, o'z muxbirimiz


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing