12 okt 16:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Nokautga uchragan Uaylder hozircha faoliyatini yakunlamoqchi emas
Deontey Uaylderning murabbiyi Malik Skottning aytishicha, bokschi Tayson Fyuridan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng faoliyatini tugatish niyatida emas.
"Ha, Deontey oilasi uchun moliyaviy barqarorlikni taminlab qo'ydi. Unga endi pul uchun jang qilish kerak emas. Ammo hozircha faoliyatini tugatish rejasi unda yo'q. U yuqori darajadagi katta janglarga loyiq.
Deontey Fyuri bilan jangda ajoyib harakat qildi. Ammo Tayson undan ham kuchliroq edi. Bu og'ir vazn toifasi uchun ajoyib jang oqshomi bo'ldi.
Tayson og'ir vazn afsonasi, huddi Uaylder kabi", - dedi Skott.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar