So’nggi yangiliklar

13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0

16 mar 12:13
Yangiliklar

Boks/MMA

Nokautlar oqshomiga aylangan bugungi UFC turnirining barcha natijalari bitta xabarda

Bugun AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahri UFC Fight Night 254 turniriga mezbonlik qildi.

Turnir kardidan jami 13 ta jang o'rin olgan bo'lib, ularning bor yo'g'i 4 tasida g'olib hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi. Qolgan 9 ta jang muddatidan avval yakuniga etdi. Oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda gruziyalik Roman Dolidze italiyalik raqibi Marvin Vettorini besh raund yakunlariga ko'ra ochkolar hisobi bo'yicha mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan u ikki yil avvalgi mag'lubiyat uchun revansh olishga ham muvaffaq bo'ldi. 

Roman jangdan keyin bergan intervyusida keyingi raqibi sifatida divizionning sobiq chempionlari – Israel Adesanya yoki Robert Uittakerni ko'rish istagida ekanini aytdi. Ayni paytda Dolidze o'rta vazn toifasi reytingida 12-o'rinni egallab turibdi. Bu gruziyalik aralash yakkakurash ustasining ketma-ket qozongan uchinchi g'alabasi bo'ldi. 

Turnirning co main-event jangida amerikalik yarimo'rta vazn toifasi vakili CHidi Njokuani ikkinchi raundda braziliyalik Elizeu Zaleski dos Santosni texnik nokautga uchratdi. Qozog'istonlik yarimog'ir vazn toifasi jangchisi Diyar Nurgojay UFC`dagi debyut bahsidayoq braziliyalik Brendson Ribeyroga ikkinchi raundda kumura usuli bilan mag'lub bo'ldi. 


UFC Fight Night 254 turnirining barcha natijalari:

Roman Dolidze Marvin Vettorini ochkolar hisobi (49-46, 49-46, 49-46) bo'yicha mag'lub etdi

CHidi Njokuani Elizeu Zaleski dos Santos ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi

Aleksandr Ernandes Kurta Xolobauni ochkolar hisobiga ko'ra engdi (30-27, 29-28, 29-28)

DaMon Blekshir Kodi Gibson sabmishn (kimura) evaziga taslim etdi – 2-raund, 4:09

Brendson Ribeyro Diyar Nurgojayni sabmishn (kimura) bilan yutdi – 2-raund, 1:28

Kevin Valexos Sen Vu CHoy texnik nokautga (zarba) uchratdi – 1-raund, 3:09

Valdo Kortes-Akosta Rayan Spenni texnik nokaut (zarba) bilan mag'lubiyatga uchratdi – 2-raund, 4:48

Su Yang YU Ey Jey Kanningemni ochkolar hisobida taslim etdi (30-27, 30-27, 30-27)

Karlos Vera Josias Musasuni sabmishn (bo'g'ish) evaziga engdi – 1-raund, 3:16

Sem Xyuz Stefani Luchianoni ochkolar bo'yicha mag'lub etdi (29-28, 28-29, 29-27)

Andre Lima Daniel Barezdan sabmishn (bo'g'ish) evaziga ustun keldi – 3-raund, 3:05

Priscila Kechoeyra raqibasi Josien Nunesni nokaut (zarba) qildi – 1-raund, 2:46

Karli Judis raqibasi Yuneysi Dubenni texnik nokautga (boshga oyoq bilan zarba) uchratdi – 1-raund, 1:40

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing