13 apr 12:44
Yangiliklar

Nokautli UFC 314 oqshomining bonus sohiblari malum
Oqshomning asosiy jangi bo'lgan Aleksandr Volkanovski va Diego Lopes o'rtasidagi chempionlik to'qnashuvi UFC 314 turnirining eng yaxshi jangi deb topildi. Besh raund davomida ajoyib jang namoyish etib bergan har ikki aralash yakkakurash ustasi bonusga loyiq ko'rildi.
Turnirning co-main event jangi ishtirokchisi, britaniyalik Peddi Pimblett ham kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 dollarlik chekka loyiq ko'rildi. U amerikalik sobiq Bellator chempioni Maykl CHendlerni uchinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgandi.
So'nggi bonus braziliyalik yarimengil vazn toifasi vakili Jin Silvaga nasib etdi. U ikkinchi raundda Brays Mitchellni bo'g'ish usuli evaziga taslim etdi.
Fikrlar