So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

12 jan 15:22
Yangiliklar

Kurash

Notinch vaziyat sabab kurash bo'yicha jahon chempionati Eronda o'tkazilmaydi

Teglar :  IKAEron
Bugun Xalqaro kurash associaciyasi (IKA) Boshqaruv qo'mitasi XV Jahon chempionati yuzasidan shoshilinch yig'ilish o'tkazadi.

Ushbu dunyo birinchiligi 31 yanvar — 5 fevral kunlari Eron Islom Respublikasining Bojnord shahrida o'tkazilishi belgilangan edi. Mazkur nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ishlari yuqori suratda olib borilayotgani haqida avval xabar qilingandi.

Ammo 28 dekabr sanasidan etiboran Eron Islom Respublikasi hududida iqtisodiy muammolar bilan bog'liq aholi norozilik namoyishlari kuzatilmoqda. Vujudga kelgan vaziyat munosabati bilan Xalqaro Kurash associaciyasi ushbu holatni doimiy ravishda diqqat markazida ushlab, Eron Islom Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi hamda Eron Kurash federaciyasi bilan uzviy va muntazam aloqada bo'lib kelmoqda.

SHu munosabat bilan, bugun IKA Prezidenti raisligida Kurash bo'yicha XV Jahon chempionati masalasiga bag'ishlangan Xalqaro Kurash associaciyasi Boshqaruv qo'mitasining shoshilinch yig'ilishi o'tkazilishi belgilandi. Yig'ilishda Boshqaruv qo'mitasi azolari, shuningdek, tegishli hamkor tashkilotlar vakillarining ishtiroki ko'zda tutilgan. 

Yig'ilish yakunlari bo'yicha qabul qilinadigan qarorlar jamoatchilikka tezkor tarzda taqdim etiladi. Katta ehtimol bilan kattalar o'rtasidagi jahon chempionati manzili o'zgarishi mumkin. Mezbonlik uchun asosiy davogar O'zbekiston! Katta ehtimol bilan jahon chempionati Ramazon oyidan keyin o'tkaziladi. Aslida ushbu musobaqa o'tgan yili Turkiyada o'tkazilishi kerak edi. Lekin tayyorgarlik darajasi etarli bo'lmagani uchun IKA Boshqaruv qo'mitasi oktyabr oyida Turkiyadan mezbonlik olib qo'yilgan va Eronga berilgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing