08 okt 07:43
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich 1/4 finalda Xachanovga qarshi kortga chiqdi
Qozog'istonning Astana shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP 500 turniri davom etmoqda.
Dunyoning ettinchi raketkasi Novak Jokovich musobaqaning 1/2 finaliga yo'l oldi. Serbiyalik tennis yulduzi 88 daqiqa davom etgan chorak final bahsida reytingning 18-pog'onasidan joy olgan rossiyalik Karen Xachanovdan 6/4, 6/3 hisobida ustun keldi.
Tennischilarning o'zaro o'ninchi uchrashuvidan so'ng hisob yanada yirik ko'rinishga keldi - 9:1. Xachanov ham, Jokovich ham 3 tadan eys zarbasini amalga oshirgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar