07 noy 14:20
Yangiliklar
Novak Jokovich Afina turniri bosh sovrinini ko'zlamoqda
Dunyoning beshinchi raketkasi Novak Jokovich 1/4 finalda ATP reytingida 47-o'rinni egallab turgan portugaliyalik Nunu Borjeshni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(1), 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Bir soatu 44 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 9, Borjesh 7 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham 1 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha kichik ustunlik Novak tomonida bo'ldi - 1 ga 0.
Serbiyalik tennischi faoliyatida 197-marotaba ATP turnirlari 1/2 finalida o'ynaydi. Jokovichning final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvdagi raqibi Yannik Ganfmannga qarshi kortga chiqadi. Germaniyalik tennischi o'z o'rnida 1/4 finalda amerikalik Markos Gironni 7/6(3), 6/4 hisobida engdi.

Fikrlar