30 sen 10:45
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich Isroildagi turnirda kortga chiqdi
Isroilning Tel-Aviv shahrida tennis bo'yicha ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning ettinchi raketkasi Tel Aviv Watergen Open turnirining ikkinchi davrasida reytingning 115-pog'onasida borayotgan ispaniyalik Pablo Anduxarni 6/0, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bir soatu 27 daqiqa davom etgan uchrashuvda Novak 8, Pablo 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi edi - 3:0. Endi Jokovich 1/4 finalda kanadalik Vashek Pospishilga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar