19 fev 14:48
Yangiliklar
Tennis

Novak Jokovich kutilmaganda ilk davradayoq yutqazib qo'ydi
Dunyoning ettinchi raketkasi bo'lib turgan Novak Jokovich Qatardagi turnirning ilk davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Serbiyalik tennis yulduzi ATP reytingida 35-o'rinni egallab turgan italiyalik Matteo Berrettiniga 6/7(4), 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Matteo o'zaro uchrashuvlarda ilk bor Novakdan ustun keldi - 1:4.
To'qson uch daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 9, Berrettini 13 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham bittadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha ustunlik italiyalik tomonida bo'ldi - 2 ga 0! Endi u 1/8 finalda niderlandiyalik Tellon Griksporga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar