07 iyu 17:20
Yangiliklar

Novak Jokovich – "Rolan Garros" yarim finalidan so'ng: "Balki bu erdagi oxirgi o'yinim bo'lgandir"
Yarim finalda u birinchi raketka Yannik Sinnerga 4/6, 5/7, 6/7(3) hisobida yutqazdi.
"Menimcha, bu stadiondagi muhim o'yinlarda menga hech qachon bu qadar kuchli qo'llab-quvvatlov bo'lmagan. Yutqazganimdan albatta xursand emasman, lekin shunga qaramay, muxlislarga minnatdorlik bildirdim.
Yannik haqiqatan ham ajoyib o'ynadi, ayniqsa psixologik jihatdan. U nega 1-raqam ekanini namoyish qildi – tomoshabinlar bosimi, mening set-poyntlarim – shularning barchasiga qaramay o'zini yo'qotmadi. Ikkinchi va uchinchi setlar mening foydamga hal bo'lishi mumkin edi, lekin u munosib ravishda g'alaba qozondi.
Balki bu erdagi mening oxirgi o'yinim bo'lgandir, shu bois tomoshabinlarga alohida rahmat aytmoqchiman. Hozircha kelajak haqida hech narsa bilmayman. Ertaga meni nima kutyapti – bilmayman. Keyingi musobaqa "Uimbldon" bo'ladi – ehtimol, menda yana bir “SHlem” yutish uchun eng yaxshi imkoniyat shu erdadir. Yoki, balki, xard kortlarda, masalan Avstraliyada, imkoniyatlarim ko'proqdir", - dedi Novak Jokovich.
Fikrlar