10 okt 09:17
Yangiliklar
Tennis

Novak Jokovich Shanghai Masters 1/2 finaliga chiqdi
Xitoyning SHanxay shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Dunyoning beshinchi raketkasi Novak Jokovich 1/4 finalda ATP reytingida 44-pog'onada borayotgan belgiyalik Zizu Bergsni biroz qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 7/5. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Bir soatu 50 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 6, Bergs 7 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Novak SHanxay "Masters" turnirida 10-marotaba 1/2 finalga chiqdi. Uning final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvdagi monegasklik Valenten Vashero bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar