26 iyu 09:00
Yangiliklar
Dzyudo
Noxush anana buzildi. Hikmatulloh To'raev g'alaba bilan boshladi
Tokio-2020 Olimpiadasining uchinchi kungi bahslari davom etmoqda.
Biroz avval dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Hikmatulloh To'raev Olimpiadadagi o'z ishtirokini g'alaba bilan boshladi. -73 kg vazn toifasidagi yurtdoshimiz ilk davrada germaniyalik Igor Vantdekeni mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo'llanma oldi.
Bu bilan Hikmatulloh dzyudochilarning ushbu Olimpiadadagi noxush ananasiga chek qo'ydi. Vakillarimiz ikki kun davomida birinchi davradayoq mag'lubiyatga uchrashayotgan edi. Endi Hikmatulloh koreyalik An CHangrimga qarshi tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar