So’nggi yangiliklar

11:13Пролига. Бугун 1-тур якунланади 0 10:52UFC Қозоғистонга шу йилнинг ўзидаёқ кирмоқчи 0 10:31Осиё чемпионати: Ботиров ва Цицуашвили олтин учун гиламга чиқади, яна уч курашчимизда бронза медали учун имкон бор 0 10:10Азизбек Темиров жанг қиладиган RIZIN турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 09:49Sofascore. "Башакшеҳир" дуранг ўйнади. Шомуродов неча баҳо олди? 0 09:28Эркебулан Токтар жангни сотгани ҳақидаги гап-cўзларга жавоб қайтарди 0 09:00Полина Кудерметова Мадридда муваффақиятли старт олди 0 08:32Осиё чемпионати. Бугун 6 нафар ўзбекистонлик боксчи ярим финалда рингга кўтарилади 0 08:07Суперлига. Бугун 6-турга старт берилади 0 00:14Муҳаммадзоҳид Суяров — Grenke Chess Open 2026 чемпионига айланди! 0 19:20Икки нафар боксчимиз Осиё чемпионати финалида, яна икки нафарида бронза 0 18:50Тимофеева Австрия турнири саралаши финалида кортга чиқди 0 18:26Нейт Диасга Конор Макгрегор билан жанг таклиф қилинди(ми?) 0 18:01Абдуқодир Ҳусанов: "Пеп Гвардиоладан жуда миннатдорман" 0 17:39"Махачев кучлими ёки Нурмагомедов?" - Царукян жавоб берди 0

11 dek 21:19
Yangiliklar

Kurash

Nukusda belbog'li kurash bo'yicha o'zbekiston chempionati bellashuvlari o'tkazilmoqda

Teglar :  Belbog'li kurash
Qoraqalpog'istonda belbog'li kurash bo'yicha o'zbekiston chempionati boshlandi.

Bugun, 11 dekabr kuni  Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahridagi  2 – sonli bolalar -o'smirlar sport maktabida  belbog'li kurash bo'yicha 2008-2009 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar  o'rtasida O'zbekiston chempionati  bellashuvlariga start berildi.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur chempionat bahslarida  Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan  300 nafardan ortiq   yosh polvonlar ishtirok etishmoqda. Ushbu chempionatda o'g'il bolalar belbog'li kurash va erkin yo'nalishlarida 11 ta vazn toifasida o'zaro kuch sinashishayotgan bo'lishsa, qizlar erkin yo'nalishda 7 ta vaznda g'oliblik uchun kurash olib borishadi. SHuningdek, musobaqaning tantanali ochilish marosimi  ham o'tkazildi. CHempionat reglamentiga ko'ra musobaqaning birinchi kunida  o'g'il bolalar belbog'li kurash yo'nalishida 27, 30, 33, 36, 40, 44, 48, 52, 55, 60, + 60 kg. vazn toifalarida, qizlar esa erkin yo'nalishida 33, 36, 40, 44, 48, 52, +52 kg. vazn toifalarida g'oliblik uchun kurash tushishmoqda.

O'zbekiston chempionati bellashuvlari  13 dekabrga qadar davom etadi.   

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing