So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

13 dek 08:04
Yangiliklar

Kurash

Nukusda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi

11-12 dekabr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida belbog'li kurash bo'yicha 2008-2009 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur chempionat bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok etishdi. 

Musobaqada o'g'il bolalar belbog'li kurash va erkin yo'nalishlarida 11 ta vazn toifasida o'zaro kuch sinashishgan bo'lishsa, qizlar erkin yo'nalishda 7 ta vaznda g'oliblik uchun kurash olib borishdi.

CHempionat reglamentiga ko'ra musobaqaning birinchi kunida o'g'il bolalar belbog'li kurash yo'nalishida 27, 30, 33, 36, 40, 44, 48, 52, 55, 60, + 60 kg. vazn toifalarida, qizlar esa erkin yo'nalishida 33, 36, 40, 44, 48, 52, +52 kg. vaznda g'oliblik yo'lida kurashgan bo'lishsa, ikkinchi kun o'g'il bolalar erkin yo'nalishda xuddi belbog'li kurash yo'nalishidagi singari vazn toifalarda bellashishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, quydagi yosh polvonlar o'z vazn toifalarida g'oliblikni tantana qilishdi.

O'g'il bolalar. Belbog'li kurash yo'nalishi:

27 kg. Zaynobiddin Sobirov (Namangan), 30 kg. SHoxruh Jo'raev (Andijon), 33 kg. Abdumajid Husanboev (Andijon), 36 kg. Azizbek Orifjonov (Farg'ona), 40 kg. Ramziddin Abdulxamidov (Andijon), 44 kg. Arsen Alirizaev (Toshkent v.), 48 kg. Ahliddin Mamatkarimov (Andijon), 52 kg. Saidislom Saydjalolov, 55 kg. Muhriddin Umarov (Farg'ona), 60 kg. Bayishbek Mamataliev (Andijon), +60 kg. Iqboljon Ro'ziboev (Andijon)

Qizlar. Erkin yo'nalish:

33 kg. Jasmina Mamurjonova (Farg'ona), 36 kg. SHabbona Nasriddinova (Navoiy), 40 kg. Bahora Berdimurodova (Navoiy), 44 kg. Aneliya Turdibaeva (Qoraqalpog'iston), 48 kg. Janat Boranbay (Qoraqalpog'iston), 52 kg. SHodiyona To'ychibaeva (Namangan), + 52 kg. Dilnuraxon Ahmadjonova (Farg'ona).

O'g'il bolalar. Erkin yo'nalish:

27 kg. Sanjarbek Hoshimjonov (Farg'ona), 30 kg. Jasurbek Botirov (Andijon), 33 kg. Muhriddin Quvvatov (Samarqand), 36 kg. Erlan Qallibekov (Qoraqalpog'iston), 40 kg. Ilhomjon Otajonov (Farg'ona), 44 kg. Ulug'bek Rahmonaliev (Farg'ona), 48 kg. Muxibullox Sadirdinov (Andijon), 52 kg. Akromjon Hikmatov (Buxoro), 55 kg. Alisher To'xtasinov (Namangan), 60 kg. SHoxruh Mahmudjonov (Farg'ona), + 60 kg. Asadbek Eminjonov (Navoiy).

Kuchli uchlikdan joy sportchilar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

- Qoraqalpog'iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasiga, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasiga, umuman barcha hamkor tashkilotlarga musobaqani yuqori saviyada o'tganiligi uchun minnatdorchilik bildiramiz, - deydi,olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha Nukus shahar oliy mahorat maktabining belbog'li kurash bo'yicha bosh murabbiyi Bokenbay Saduakasov. – Terma jamoamiz kuchli polvonlar qatoridan joy olishga muvaffaq bo'lishdi. Yakunlanayotgan ushbu yilda shogirdlarimiz jahon chempionatlarida ko'plab muvaffaqiyatlarga erishdi. Maqsadimiz, keyingi yilda ham xalqaro musobaqalarda sovrinlarni qo'lga kiritish bo'ladi.  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing