So’nggi yangiliklar

15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0

22 noy 13:12
Yangiliklar

Kurash

Nukusda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati start oldi

Bugun Nukus shahridagi Respublika Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2008-2009 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar (U-15) o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar belbog'li kurashning belbog'li va erkin yo'nalishlarida g'oliblik yo'lida bellashishmoqda.

Bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi ham o'tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan Qoraqalpog'iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adilbek Allanazarov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi Abdixalil Malikov  mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga bo'lgan etibor tufayli polvonlarimiz xalqaro miqyosdagi chempionatlarda etakchilik qilayotganini takidlab, barcha musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.

O'zbekiston chempionati reglamentiga ko'ra, bugun o'g'il bolalar belbog'li kurash yo'nalishi bo'yicha g'oliblar aniqlanadi. Musobaqa 24 noyabrga qadar davom etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing