So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

19 dek 11:18
Yangiliklar

Kurash

Nukusda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston Kubogi g'oliblari aniqlandi

16-18 dekabr kunlari Nukus shahrida belbog'li kurash bo'yicha o'g'il bolalar va qizlar (U-18) o'rtasida O'zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur O'zbekiston kubogi bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafarga yaqin yoshlar o'zaro kuch sinashishdi. 

Reglamentga muvofiq, bellashuvlarning birinchi kunida tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Qoraqalpog'iston Respublikasi sport vaziri Adilbek Allanazarov, federaciya bosh kotibi Abduxalil Malikov va boshqalar ishtirok etib, sportchilarga omad tilashdi.

Ikki kun davom etgan murosasiz bellashuvlarda o'g'il bolalar belbog'li kurashning klassik va erkin yo'nalishlarida 10 ta vazn toifasida kuch sinashishgan bo'lsa, qizlar belbog'li kurashning erkin yo'nalishida 8 ta vazn toifasiga ko'ra bellashishdi.

Musobaqada qizlardan Gulsanam Solieva (Farg'ona), SHaxlo Kalmuratova (Qoraqalpog'iston), Diyoraxon O'razova (Andijon), Muxlisa Rustamova (Namangan), Dilnura Norboeva (Qashqadaryo) singari sportchilar o'z vazn toifalarida oltin medalni qo'lga kiritishdi. 

O'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqalarda esa Firdavs Haqnazarov (Toshkent v.), Diyorbek Narziev (Buxoro), Ozodbek Salimov (Farg'ona) kabi polvonlar raqiblariga nisbatan ustunlikka erishib, oltin medal sohiblariga aylanishdi.

G'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. SHuningdek, kubok bahslari doira Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov va O'zbekiston belbog'li kurash konfedraciyasi raisi Ravshan Dastirov Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev bilan uchrashib, 2025 yil may oyida belbog'li kurash bo'yicha jahon va Osiyo chempionatini Qoraqalpog'istonda o'tkazishga kelishib olindi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing