31 dek 11:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Nunes afsonaviy Ronda Rouzini soniyalar ichida mag'lub etdi
Hozirgina aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida uzoq kutilgan jang yakunlandi.
Unda sobiq UFC chempioni Ronda Rouzi amaldagi jahon chempioni, braziliyalik Amanda Nunesga qarshi aktagonga chiqdi.
Las-Vegas shahrida o'tkazilgan UFC 207 shousi doirasidagi ushbu jang kutilganidek uzoq davom etmadi. Jangning birinchi raundi 25-soniyalari o'tib borayotgan bir paytda Nunesning ketma-ket bergan zarbalaridan so'ng Ronda nokautga uchradi.
Bu Rouzi uchun faoliyatidagi ketma-ket ikkinchi mag'lubiyat bo'ldi. U Misha Teytga ham aynan nokaut evaziga mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Fikrlar