03 apr 11:38
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/36347_220.jpg)
Nurmagomedov: "Fergyusonning jarohati haqidagi xabar aprel hazililigiga umid qilgandim"
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov Toni Fergyusonning jarohati sabab raqibi o'zgargani haqidagi xabarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
"O'sha kuni mashg'ulotlardan so'ng mehmonxonaga qaytdim. Menejerim kelganimda dam olayotgandim. U kelib menga Toni jarohat olganini aytdi. Avvaliga buni 1 aprel hazili deb o'yladim. To'g'risini aytsam bu hazilligiga umid qilgandim. Ammo, Fergyusonning o'rniga boshqa sportchi izlashayotganligini eshitganimda barchasi jiddiy ekanligini tushundim", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Havola :
Manba : The MMA Hour
Fikrlar