20 dek 08:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov Konordan revansh uchun 30 mln dollar so'radi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov 2019 yilda ikki vaznda sobiq jahon chempioni Konor Makgregorga qarshi revansh jangi o'tkazishi mumkin.
Bu malumotni Nurmagomedovning otasi ham murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov ham tasdiqladi.
“Bizga Makgregor bilan revansh jangi uchun 15 million dollar taklif qilishdi. Lekin biz 30 million dollar evaziga jangga rozilik beramiz. Ha, tan olish kerak, Makgregorning jang o'tkazish uslubida o'sish bor. Lekin zarba texnikasi bobida u Xabibga hali beri eta olmaydi.
Ammo, boshqa tomondan Xabib bilan jang o'tkazishga haqli bo'lgan sportchilar ham borki, ularga ham imkoniyat berish kerak. Pore va Toni Fergyuson o'z mehnatlari bilan bunga erishishdi”, - dedi katta Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar