15 mar 13:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov: "MakGregor endi burgerlar qiroli"
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedovning aytishicha, Konor MakGregor endi UFCga qaytmasa ham bo'ladi.
"Nima uchun u haqida gapirishayotganini bilmayman. Ko'pchilik uni qirol deb atamoqda. Ammo, u qirolga o'xshamaydi. Endi u burgerlar qiroli (MakGregor "Burger King" reklamasida suratga tushgandi - tahririyat).
Uning puli bor, hayoti zo'r, UFCda ikkita divizionda sovrin yuta oldi. Bo'ldi endi. Bu sport burgerlar qiroli uchun emas. Bu erda haqiqiy jangchilar bor.
U qaytib, haqiqiy jangga chiqadi deb o'ylamayman. Konor Meyvezer bilan boks jangiga o'xshagan oson yo'llarni izlamoqda", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Havola :
Manba : Bleacherreport
Fikrlar