03 apr 15:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov: "MakGregorga qo'ng'iroq qilingandi, ammo..."
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov unga Maks Xollouey raqiblik qilishi haqidagi xabardan hayron qolganini aytdi.
"MakGregorga qo'ng'iroq qilishgan, ammo u rad javobini berdi. Uning jamoasi vaznni to'g'irlashga ulgurmasligini malum qildi. G'alati. Yaqindagina u jang qilishga tayyor ekanligini aytgandi. Qani endi u? Burger King qani? Olti kun qoldi, bu vaqt ichida vaznni to'g'irlasa bo'ladi.
Menga Maks Xollouey raqib bo'lishini eshitganimda hayron qoldim. Uning o'rniga Pore, Alvares, Pettis, Kiesa, Yakvinta yoki yana kimdir jang qilishi mumkin deb o'ylagandim. Xolloueyga qarshi oktagonga chiqishimni bilib hayoron bo'ldim", - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : The MMA Hour
Fikrlar