24 jan 10:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov: Menga Tonining kuchli ekanining ahamiyati yo'q
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
“Toni kuchaymoqdami? Menga uning kuchliligi qiziq emas. Asosiysi, jang kuni Xabib undan kuchli bo'lishi. Xabib hech qachon kuchli zarbalar o'tkazib yubormagan, uning harakatlari ajoyib.
Menimcha, biz Tonini oktagonda "o'chiramiz". Toni kuchli, lekin Xabibga teng kela olmaydi”, - dedi Nurmagomedovlarning kattasi.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o'rtasidagi jang 18 aprel kuni Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar