22 jan 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov Meyvezer bilan jang qilishga rozilik berdi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik bokschi Floyd Meyvezer bilan jang qilishga tayyor ekanligini aytdi.
“Meyvezerning yoshi o'tib qoldi. Lekin shunga qaramay, u hamon “katta laqqa baliq”, anchagina mashhur shaxs. Floyd 50ta jangning barchasida g'alaba qozongan. Ammo, men bilan jang o'tkazsa, shuncha yillik obro'sini bir pul qilaman”, - dedi Nurmagomedov.
Hozircha Floyd Meyvezer rossiyalik jahon chempionining bu chorloviga hech qanday munosabat bildirmadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar