02 apr 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov: "Putin menga hissiyotlarimni biroz jilovlashni maslahat berdi"
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov Konor Makgregor bilan bo'lgan jangdan so'ng Putin bilan nima haqida suhbatlashganini aytdi.
“Putin bilan suhbat haqida fikringiz? Jang yakunlangandan so'ng oldimda ko'plab policiyachilar bor edi. Ular menga bu erdan tez orada chiqib ketmasligimizni aytishdi. Menda telefon yo'q edi, telefonim Islam Mahachevda edi. U menga hozir Putin telefon qilishini aytdi.
SHundan so'ng menga qo'ng'iroq bo'ldi. Janob prezident mendan ahvollar qanday deb so'radi? Men yaxshi hammasi, bizni o'rab turishibdi, o'tiribman, demak u bizdan qochib ketolmaydi, deb javob berdim. SHunda u menga hissiyotlarimni biroz jilovlashni maslahat berdi. Bu holat hayotimdagi eng muhim voqealardan biridir. CHunki menga oddiy inson emas, shaxsan prezident telefon qilgandi”,-deb takidladi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar