03 apr 18:18
Yangiliklar

Nurmagomedov qachon faoliyatini yakunlamoqchi ekanligini aytdi
"Maqsadim oddiy - ko'rsatkichimni 30-0 ko'rinishiga olib kelish va faoliyatimni yakunlash. Odamlarning aytishicha, diqqat-markazda bo'lish mening jismoniy holatimga o'z tasirini ko'rsatadi? Men ko'p jarohat olganman va shundan keyin ham qaytib doimo g'alaba qozona olganman. Mening oldingi va yangi janglarimni bir taqqoslab ko'ring.
Toniga qarshi jang? Uni butun jahon kutmoqda. Umid qilamanki, u qiyinchiliklarni engib o'tadi va bizning jangimiz albatta amalga oshadi. Navbatdagi raqibimga keladigan bo'lsak, men chempionman va vaqtinchalik chempionga qarshi jang qilishim lozim. Men Maksga qarshi jang qilgan bo'lardim. U ketma-ket 13 ta jangdan buyon g'alaba qozonib kelmoqda. O'ylaymanki, u Poreni mag'lub eta oladi, garchi Dastin kuchli jangchi bo'lsada", - dedi Nurmagomedov.
Fikrlar