25 dek 08:38
Yangiliklar

Nurmagomedov sudni Rossiyaga ko'chirishni talab qilyapti
Nurmagomedov UFC prezidenti Dana Uaytga Nevada shtati Atletik komissiyasining Konor va Xabib jangi yuzasidan tashkil etiladigan sud jarayonini Rossiyada o'tkazishni taklif qildi.
Xabaringiz bor, bu ikki sportchi o'rtasidagi jang yakunlanishi bilan oktagon va uning tashqarisida mushtlashuv hamda tartibsizlik yuzaga kelgan edi. Nevada shtati Atletik komissiyasi aynan mana shu ish yuzasidan sud jarayonini boshlagan.
“Sud jarayoni Rossiyada o'tkazilsin!”, - deya o'zining Tvitter sahifasida murojaatnoma qoldirgan Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Nevada shtati Atletik komissiyasi ikkala sportchining ham licenziyasini to'xtatib qo'ygan. SHuningdek, Nurmagomedovning jang uchun vada qilingan gonorardan 2 million dollar ulushni ham muzlatib qo'ygan. Sud avvaliga 10 dekabr kuni o'tishi kerak edi. Lekin keyinchalik 29 yanvarga ko'chirildi.
Fikrlar