01 fev 07:47
Yangiliklar

Nurmagomedov UFC bilan shartnoma imzoladi
Bu haqida Xabib Nurmagomedov o'zining Instagram sahifasida xabar qoldirdi. Umar engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning jiyani hisoblanadi. Umar MMA jangchisi Usman Nurmagomedovning ukasi bo'lib, amakisi Abdulmanap Nurmagomedov qo'l ostida mashg'ulotlarini o'tkazib kelmoqda.
Yodingizda bo'lsa, 24 yoshli Umar Nurmagomedov hozircha o'zining so'nggisi bo'lib turgan jangini 23 noyabr kuni Toshkentdagi "Humo Arena"da argentinalik Brayan Gonsalezga qarshi o'tkazgan va GFC kamarini nokaut evaziga himoya qilgan edi.
Malumot uchun, Umar MMAda o'tkazgan 12ta jangining barchasida g'alabaga erishgan. Aynan Toshkentdagi turnir oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Xabib jiyani Umar tez orada UFC bilan shartnoma imzolashini ham aytib o'tgandi.
Fikrlar