10 avg 09:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov xotira turniri o'tkaziladi, markaziy jang ikkita kamar uchun kechadi
Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida Abdulmanap Nurmagomedov xotirasiga bag'ishlangan MMA turniri o'tkaziladi.
Bu malumotni marhum Nurmagomedovning do'sti, Fight Nights Global klubi raxbari Kamil Gadjiev tasdiqladi.
"Abdulmanap Nurmagomedov xotirasiga bag'ishlangan turnir 9 sentyabr kuni Moskva shahrida tashkil etiladi. Fight Nights hamda GFC promoushenlari turnir tashkilotchilari bo'lishadi. Markaziy jang Dauren Ermekov va Vladimir Mineev o'rtasida kechadi. Jangchilar ikkita chempionlik kamari uchun oktagonga ko'tarilishadi. Oqshomdan jami 14 ta jang o'rin olgan", — dedi Kamil Gadjiev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar