03 dek 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA

"Nurmagomedovni bir yildan ortiq muddatga chetlatish nohaqlik bo'ladi"
UFC prezidenti Dana Uayt Xabib Nurmagomedov bilan bog'liq ko'rilayotgan ish haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Xabibni bir yildan ortiq bo'lgan muddatga chetlatishga asos yo'q deb o'ylayman. Bu nohaqlik bo'ladi. O'sha vaziyat 40 soniyagina davom etdi. Xech kim aziyat chekkani yo'q, aytarli xech nima bo'lmagandi. O'ylaymanki, komissiya buni ham inobatga oladi. Umid qilamanki, Xabib bir yildan ortiq diskvalifikaciya olmaydi, bu adolatdan bo'lmaydi", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Xabib Konor MakGregorga qarshi jangdan so'ng oktagon tashqarisida tartibsizliklar keltirib chiqargandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar