16 fev 11:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedovning raqibi Makgregorni yordamga chaqirdi
Umar Nurmagomedovning raqibi Brayan Kellexer uch haftadan so'ng bo'lib o'tadigan jangda, o'z burchagida Konor Makgregorni ko'rishni xohlamoqda.
"Konor, UFC 272`da Xabibning amakivachchasi Umarga qarshi navbatdagi jangimda sekundantim bo'la olasanmi?", - deb yozgan amerikalik jangchi o'z Tvitter sahifasida.
Bu rossiyalik jangchining ham etiboridan chetda qolgani yo'q.
"Bu senga yordam berolmaydi, Brayan", - deb javob yozgan Umar.
Eslatib o'tamiz, Nurmagomedov - Kellexer jangi 5 mart sanasida Las Vegasdagi UFC 272 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar