So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

14 mar 17:02
Yangiliklar

Kurash

Nurotada O'zbekiston kubogiga start berildi FOTOGALEREYA

Bugun Navoiy viloyat Nurota tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston kubogi boshlandi.

Dastlab, musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda so'z olgan O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Nurota tuman hokimi o'rinbosari SHuhrat Vafoev, Navoiy viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi rahbariyati va boshqalar bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, bolalar sportiga qaratilayotgan yuksak etibor natijasida yoshlarimizning xalqaro sport maydonlarida muvaffaqiyatlarga erishayotgani haqida takidlab, musobaqada ishtirok etayotgan polvonlarga omad tilashdi. 

Sportchilarning ko'rgazmali chiqishlari, badiiy jamoalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiqlar marosimga yig'ilganlar ko'ngliga xushnudlik bag'ishladi.

SHundan so'ng, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan kelgan 300 nafardan ziyod polvonlar ishtirokidagi bellashuvlarga start berildi. Musobaqa 16 mart kuniga  qadar etadi.

Javlon MIRJUMAEV, Guliston ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining belbog'li kurash bo'yicha bosh murabbiyi: 

- Belbog'li kurash bo'yicha joriy yilgi ilk mamlakat birinchiligi bellashuvlariga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rilgan. Barcha hududlardan kelan yosh polvonlarning g'oliblik uchun bor istedodini namoyon etayotgani, iqtidorli sportchi-bolalar ko'pchilikni tashkil etayotganligi quvonarli hol. Albatta, biz ham eng sara shogirdlarimiz bilan ishtirok etyapmiz. Hozircha, natijalarimiz yaxshi. Bugungi bellashuvlardan bir nechta sovrinli naktijalarni ko'zlab turibmiz. Albatta, jamoamizni musobaqaga etarlicha tayyorgarlik ko'rishida Guliston ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida yaratilgan qulay va zamonaviy shart-sharoitlar, maktab-internati rahbariyatining ushbu milliy sport turiga bo'lgan etibori va murabbiylarimizning jon kuyarligida deb bilaman.    

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing